Tw O
RUARBGRDEENFRHUNARMKAZKGZMDMNGROTJKUAUZBVNMCHN
Uniform
help phone
+7 (495) 357-38-88

How to DAT works?

VideoDescription

Contacts

LLC «Aventa-Info» —
DAT brand-control system administrator.

1/4, 2nd Smolensky bystreet, Moscow, 121099, Russia, Scheme

Phone: +7 (495) 357-38-88
E-mail:DAT@3888.ru
Web: www.3888.ru

CHECK of authenticity of goods
Enter code

TOVARNING HAQIQIYLIGINI TEKSHIRISH

Kodni kiriting

Tekshirish

DAT brend-nazorati tizimi yordamida qalbakilashtirishdan himoyalash

Siz DAT brend-nazorati tizimi saytidasiz. Biz mahsulotlarni qalbakilashtirishdan himoyalashni ta’minlaymiz va xaridorga mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishga yordam beramiz.

Bizning saytimizda mahsulotning haqiqiyligini tekshiring va asl mahsulot xarid qilganingizga ishonch hosil qiling!

Agar mahsulotga himoya qatlami ostidagi yagona DAT-kodi tushirilgan boʻlsa, u qalbakilashtirishdan himoya bilan ta’minlangan boʻladi (agar himoya kodi Sizga qadar oʻchirilgan boʻlsa, bunday mahsulotni xarid qilmang).

Agar Siz ishlab chiqaruvchi boʻlsangiz va oʻz tovaringizni DAT brend-nazorati tizimi yordamida qalbakilashtirilishdan himoya qilishdan manfaatdor boʻlsangiz, oʻz soʻrovingizni DAT@3888.ru manziliga yuboring.

Siz DAT brend-nazorati tizimi bilan himoyalangan mahsulotlarning haqiqiyligini maxsus jihozlar va ekspertlarsiz ham tekshirishingiz mumkin!

Xarid qilingan mahsulotning haqiqiyligi toʻgʻrisidagi tizim javobini on-layn rejimda bir necha daqiqa ichida oling!

Xaqiqiylikni qanday tekshirish kerak?

1. Qadoq yoki etiketka ichiga yashirilgan, himoyalangan DAT-stiker yoki DAT-kodga ega boʻlgan tovarni xarid qiling.

2. DAT-kodning yuqorigi qatlamini oʻchiring yoki yeching.

3.  DAT-kodning 15 ta raqamini 3888.ru saytidagi haqiqiylikni tekshirish darchasiga kiriting va tizimning javobini kutgan holda, haqiqiylikni tekshiring.

4 . Soʻrovingizga tizimning javoblari bilan tanishib chiqing:


Mahsulot
HAQIQIY

 

Agar kod birinchi marta

tekshirilayotgan boʻlsa,

SIZ HAQIQIY MAHSULOT

XARID QILGANSIZ


 

 

Warning
COUNTERFEIT

Kod tizimda roʻyxatdan

oʻtmagan boʻlsa yoki

takroran tekshirilayotgan

boʻlsa COUNTERFEIT NOTICE

paydo boʻladi

 

Haqiqiylikni tekshirish bir marotaba amalga oshiriladi. DAT-kodning identifikatsiyalovchi raqamini takroran tekshirishda Tizim kod tekshirilganligi toʻgʻrisida xabar beradi.

Diqqat! DAT-kodning himoya qatlami zararlangan boʻlsa, mahsulotni xarid qilmang!

Agar DAT brend-nazorati tizimining himoya qilinuvchi mahsulotida DAT-kodning identifikatsiyalovchi raqami mavjud boʻlmasa, bunday holda ham mahsulot qalbaki boʻlishi mumkin!

Mahsulotning haqiqiyligini uni xarid qilganingizdan keyingi ilk soatlarda yoki kunlarda tekshirishni tavsiya qilamiz.